Test uchun shaxsiy kompyuterdan foydalanish(ngrok).

Juda ko'p hollarda biron bir dasturni, html shablonni mijozga, hamkasblarga ko'rsatishda yoki umuman test qilib ko'rishda uni biron bir serverga yuklashga to'g'ri keladi. Bu holat ortiqcha vaqt, traffik sarflashga, zaruriy ishlardan chetlashishga sababchi bo'ladi.

Bu kabi muommolarni hal qilish uchun ishlash uchun juda oddiy bo'lgan, bepul ngrok.comxizmatidan foydalansa bo'ladi. Bu xizmat Sizning kompyuteringizdagi http://localhost yoki http://127.0.0.1 manzilida ishlab turgan veb dasturingizni internetda ko'rsatishingiz uchun yordam beradi.

Demak, bu xizmatdan foydalanish juda oson, buning uchun ngrok.com saytidan ro'yxatdan o'tamiz. O'zimizning operatsion tizimga mos ngrok dasturini manu bu yerdan ko'chiramiz va arxivdan chiqaramiz.

Arxivdan chiqarganimizdan so'ng, buyruqlar qatori(cmd/terminal)ni ochib arxivdan chiqargan papkamizga o'tamiz.

Keyingi qadamda, menyudan dashboard ga o'tib, har bir foydalanuvchi uchun har xil bo'lgan tokenni kompyuterimizga o'rnatamiz. Buning uchun, ushbu buyruqni ishga tushiramiz:

./ngrok authtoken <token>

 

Oxirgi qadam, ushbu buyruq yordamida dasturni ishga tushiramiz: 

./ngrok http 80

Natija quyidagicha bo'ladi:

Demak, ngrok dasturi biz kompyuterimizda 80-portda ishgan tushirgan barcha dasturlarimizni http://fc502abe.ngrok.io yoki https://fc502abe.ngrok.io manziliga ulab beradi. Va shu manzil orqali biz o'z dasturimizni test qilishimiz mumkin. E'tibot bergan bo'lsangiz, ngrok bizga bir vaqtni o'zida ham http, ham https protokoli orqali ishlash imkonini beradi. Bu manzil bilan Github, Telegram vebhuk(webhook)laridan foydalanishimiz mumkin.

Biz bepul tarifidan foydalanganimiz uchun, buyruqlar qatori(cmd/terminal)da ngrok bilan ishga tushurgan buyrug'imizni ishlashdan to'xtatsak, shu zahoti yuqoridagi manzil orqali dasturimiz ishlashdan to'xtaydi.

Bu xizmatni pullik tarif xizmatlarida esa qo'shimcha o'zgarmas domendan foydalanish imkoniyatlar ham bor.

http://localhost:4040 manzili orqali bizning dasturimizga kelayotgan barcha so'rovlarni kuzatib borishimiz mumkin. 

Mana bu yerda ngrokning barcha imkoniyatlari, buyruqlari va sozlamalari bilan to'liq tanishishingiz mumkin.

23.01.2018 16:24     280    tarmoq, ngrok